Nuroboddagi doʼkondan sodir etilgan oʼgʼirlik jinoyati fosh qilindi
Samarqand. 2020 yil 12 iyun kuni soat 02:00 larda nomaʼlum shaxs oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, fuqaro Z.А.,ga tegishli Nurobod tumani Mustaqillik koʼchasida joylashgan savdo doʼkoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, mazkur doʼkondan jami 111.000 soʼmlik narsalar va temir seyf ichidan 8.000.000 soʼm miqdordagi naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Nurobod tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan N.E., sodir etganligi aniqlanib, undan oʼgʼirlik vaqtida qoʼlga kiritgan 3 dona dezodorantlar, 5 pachka saqichlar, 1.564.000 soʼm miqdordagi naqd pullar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. N.E., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.
Hurmatli fuqarolar, hushyor boʼlishingizni, oʼz uyingiz va doʼkonlaringizni ochiq holatda qoldirmasligingizni, kuzatuv kameralarini oʼrnatib, xavfsizligingiz uchun qoʼriqlash pulьtlariga ulanishingizni tavsiya qilamiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti