O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Seyfdan sodir etilgan o‘g‘irlik fosh qilindi, o‘g‘rilar aniqlandi.

2020 yil 14 yanvardan 15 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Dehqonobod tumani Paxtachi mahallasida yashovchi 60 yoshli I.N.ning uyiga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ichida 1.120 AQSh dollari va 57.500.000 so‘m miqdorida naqd pullari hamda uyining kadastr hujjatlari bo‘lgan temir seyfni yashirin ravishda qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida, 26 yoshli K.F. va 24 yoshli N.T. lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan o‘g‘irlangan pullarning bir qismi va temir seyf ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. K.F. va N.T.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan, K.F. prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech