O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxorodagi o‘g‘rilik, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yil 12 fevraldan 13 fevralga o‘tar kechasi soat 03:00 da 21 yoshli S.X. (ayol) Buxoro tumani “Udo‘gri” mahallasida joylashgan 35 yoshli G.K., ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonadan  1.900.000 so‘m va 2.600 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomnidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiligan. Tergov harakatlari jarayonida S.X. IIB binosiga olib kelingan va uning yonidan ashyoviy dalil sifatida 900 AQSh dollari va 2.260.000 so‘m pullar rasmiylashtirib olingan, S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech