Kredit olib bersang uyog‘ini uzim hal qilaman...
Namangan viloyati. 2022 yilning aprel oyida 33 yoshli A.R. o‘zining tanishi bo‘lgan Uchqo‘rg‘on tumani Uzunko‘cha ko‘chasida yashovchi 22 yoshli Q.D.ning ishonchiga kirib, uning nomiga Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Agro bank” filialidan qo‘ychilik bilan shug‘ullanish uchun 30.000.000 so‘m kredit olib berishini so‘rab, ushbu kredit pullarini keyinchalik o‘zi to‘lab kelishiga ishontirib, so‘ngra bankdan ajratilgan 30.000.000 so‘m kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni esa o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmasligingiz uchun, birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti