O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Imtiyoz 500 AQSH dollariga baholandi

Qashqadaryo viloyati. 2021 yilning 04 fevral kuni 26 yoshli Rustam M., Qarshi shahar hokimligi binosi ichida fuqarolar 46 yoshli Dilafruz B., va 37 yoshli Dilafruz A.,larga o‘zini hokimlikning murojaatlar bo‘limi xodimi deb tanishtirib, ularga kelgusida boshlang‘ich to‘lovi to‘lanmaydigan kam taʼminlangan fuqarolarga imtiyoz asosida beriladigan uy-joylar olishlarida yordam berishini vaʼda qilib, ularning har biridan 500 AQSH dollardan jami 1000 AQSH dollar pul mablag‘larini ro‘yxatga olinganliklari uchun davlat boji to‘lovi sifatida deya aldov yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Rustam M., hech qayerda ishlamaganligi sabab, shahar hokimligida jamoat ishlarida yordam berishi maqsadida jalb qilinib, ish o‘rgatilayotganligi, murojaatlar bo‘limiga kelgan fuqarolarning eng nozik muammolarini bilib olib oson pul topish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilganligi  aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Rustam M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

Hurmatli fuqarolar bu kabi masalalar yuzasidan hokimiyat organlariga qonuniy yo‘llar bilan murojaat qilishingiz mumkinligini, oson yo‘llar bilan hal qilaman deb firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslik o‘z qo‘lingizda ekanligini unutmang!

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech