Liftdagi kutilmagan yo‘lovchi
Toshkent shahri. 2022 yilning 07 fevral kuni soat 21:40 larda Tuzel 2-dahasi 12V-uyda yashovchi 21 yoshli X.M. o‘zi istiqomat qilayotgan uyining yaqinida joylashgan oziq-ovqat do‘konidan, ro‘zg‘orda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilib qaytayotib, yashash xonadoniga chiqish uchun, uyning liftiga kirib, 7-qavat raqamini bosgan vaqtida, uning ortidan nomaʼlum bo‘lgan shaxs kirib kelib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, qo‘lida bo‘lgan bahosi 3.500.000 so‘m miqdoridagi 2 dona tilla uzuklarini kuch ishlatib yechgan vaqtida, lift 7-qavatga yetib kelib to‘xtaganidan so‘ng ushbu nomaʼlum shaxsdan qochish maqsadida, jabrlanuvchi baland ovozda fuqarolarni yordamga chaqirishni boshlaganida, nomaʼlum shaxs liftdan chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanligini aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 49 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 2 dona tilla uzuklar uning yonidan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olinib, u protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Muallif: Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi
katta tergovchisi podpolkovnik D.Abduraxmanova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti