O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uy-joyga kirib bosqinchilik qilgan shaxslar qamoqqa olindi

Аndijon. 2020 yilning 24 avgust kuni soat 22:30 da 2 nafar nomaʼlum shaxslar yuzlariga niqob taqib, Аsaka tumani Otish MFY Qoʼrgʼonoldi koʼchasida yashovchi 28 yoshli I.N., ning yashash xonadoniga devor oshish yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, I.N., ni qoʼli va ogʼzini skotch bilan bogʼlashib, uni yuzi va tanasining boshqa joylariga qoʼllari bilan urishib, pul berishini talab qilishgan va xonadon egasi faol qarshilik koʼrsatganligi sababli hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini koʼzdan kechirish jarayonida, qonga oʼxshash dogʼlar, bir dona chalabzar pichoq hamda oyoq izi mavjud boʼlgan tyuner apparati, skotch boʼlaklari hodisa sodir boʼlgan joyidan 250 metr uzoqlikda yoʼl chetida qoʼlbola usulda tikilgan bir dona oq-qora rangli niqob va qonga oʼxshash dogʼlari boʼlgan bir juft oq rangli rezina qoʼlqop borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Аsaka tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 19 yoshli R.M. va T.А., lar sodir etganligi aniqlanib, fuqaro T.А., dan qoʼlbola usulda tikilgan bir dona oq rangli niqob va bir dona oq rangli rezina qoʼlqop rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, R.M. va T.А., lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech