O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kafeni o‘margan shaxs aniqlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijon. 2020 yil 04 yanvar kuni taxminan soat 02:20 larda, noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Jalaquduq tumani Tuyalas mahallasidagi kafelarning biriga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 15.000.000 so‘m pullari bo‘lgan temir seyf va kuzatuv kamera yozuvlari saqlanuvchi xotira blokini o‘g‘irlab, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Holat yuzasidan Jalaquduq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni shu kafeda ishlovchi 27 yoshli D.Yu. sodir etganligi aniqlanib, undan temir seyf, kuzatuv kamera yozuvlari saqlanuvchi xotira bloki va 5.510.400 so‘m miqdoridagi pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech