O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayol kishiga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlandi

Toshkent shahri. 2021 yilning 09 mart kuni soat 11:00 larda, nomaʼlum shaxs Chilonzor tumani Qatortol ko‘chasida joylashgan “Qatortol” savdo majmuasining oldida 40 yoshli Nargiza Yu.,ning qo‘lida ushlab turgan ichida 150 AQSH dollar va 3 000 000 so‘m pul mablag‘lari bo‘lgan qora rangli hamyonini talonchilik yo‘li bilan tortib olib, hodisa joyidan qochib ketayotganida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.  

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 34 yoshli Jamshid A., sodir etganligi aniqlanib, undan qora rangli hamyon ichidagi 150 AQSH dollar va 3 000 000 so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jamshid A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech