Maishatning oxiri o‘lim bilan tugadi
Andijon viloyati. 2022 yil 22 mart kuni 50 yoshli A.R. hamda 53 yoshli B.A.lar Andijon shahar “Islomobod” MFYda joylashgan 53 yoshli M.M.ning yashash xonadoniga mehmonga kelishib, u yerda birgalikda spirtli ichimliklar isteʼmol qilishib, so‘ngra A.R. hamda B.A.lar mast bo‘lgan holda bir-birlarini haqorat qilishgan vaqtida o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro tortishuv natijasida B.A. stol ustida turgan xo‘jalik pichog‘ini olib A.R.ning ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazganligi oqibatida A.R. hodisa joyida vafot etganligi aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida A.R.da ko‘krak qafasi o‘ng tomon sohasidan ko‘krak bo‘lig‘iga teshib o‘tuvchi sanchma kesma jarohat aniqlangan bo‘lib, mazkur jarohat og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘nga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti