“Malika”da urushgan yigitlarning janjali pichoq sabab, fojiali yakun topdi
Toshkent shahri. 2020 yilning 08 dekabr kuni soat 13:40 da 21 yoshli Saidahmad X., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Shayxontohur tumani Taxtapul mahallasi Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan «Malika savdo majmuasi»ning asosiy kirish darvozasi oldida 27 yoshli Rustam M., bilan janjallashib, janjal davomida qo‘lidagi kishining sog‘ligi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan sovuq qurol hisoblangan “pakki” pichog‘i bilan fuqaro Rustam M.,ning bel va o‘ng lunj sohasiga tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Rustam M.,ning tanasida “bel sohasi chap yarmi sanchib kesilgan jarohati. O‘ng lunj sohasi kesilgan jarohat”lari mavjudligi, ular og‘irlik darajasi bo‘yicha “o‘rtacha og‘ir” tan jarohatlari hisoblanishi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti