O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Manzilga yeta olmagan shovvoz

Buxoro viloyati. 2022 yil 18 fevral kuni soat 20:14 da nomaʼlum shaxs, Buxoro shahar Sherbudin ko‘chasida joylashgan avtoturargohda bula turib, 37 yoshli R.F. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashinaning eshiklari ochiq va uning kaliti o‘t oldirish qulfida qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochganligi aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat 18 yoshli A.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritilganda, “shovvoz” jabrlanuvchining avtomashinasida Buxoro shahri Turdi Farog‘iy ko‘chasi 26-uy oldiga yetganligida, uning yonilg‘isi tugaganligi sababli transport vositasini shu yerda qarovsiz qoldirib ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.R. protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish qulfida qoldirmang!!!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech