Dori-darmon tashish uchun mo‘ljallangan avtomashina olib qochildi
Toshkent shahri. 2021 yilning 12 aprel kuni soat 17:30larda 19 yoshli T.Baxrom o‘zi ishlaydigan Yangihayot tumani TXAY ko‘chasida joylashgan avtoservisga taʼmirlash uchun olib kelingan 30 yoshli X.Valijonga tegishli dori-darmon yetkazib berish uchun mo‘ljallangan “Matiz” rusumli avtomashinaning kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochib, Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston ko‘pkari federatsiyasi binosi qarshisida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.Baxromga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni sodir qilgan T.Baxrom aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti