O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tug‘ishgan akaning avtomashinasi yoxud yolg‘on ko‘rsatma ortidagi haqiqat

Qashqadaryo. 2020 yilning 11 noyabr kuni soat taxminan 20:25 da 41 yoshli A.X. “Nexia-3” rusumli avtomashinada Qamashi tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan spirtli ichimliklar sotish uchun mo‘ljallangan savdo do‘koni oldida to‘xtab, avtomashinani ochiq holda va o‘t oldirgichda kalitini qoldirib, do‘konga kiradi. Ushbu holatni shohidi bo‘lgan nomaʼlum shaxs, qulay fursatdan foydalanish maqsadida avtomashinaga o‘tirib, uni nomaʼlum tomonga olib qochgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasiga ko‘ra, A.X.,dan olib qochilgan avtomashina ushbu tumanning Poklik ko‘chasi 10-uy oldida topilib, jabrlanuvchi tomonidan avtomashina bo‘lgan 600 AQSH dollari yo‘qli aniqlangan. Biroq olingan videotasvirga ko‘ra, avtomashinani olib qochgan shaxs 39 yoshli A.J., ekanligini aniqlangan.

Shu tariqa A.J., ushlangan vaqtida, u avtomashinani olib qochgan vaqtda mast holatda bo‘lganligini va do‘kon oldidan o‘tib ketayotganida A.X., ga tegishli avtomashinani ko‘rib, o‘z akasini avtomashinasi deb o‘ylab uni boshqarib ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.J.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan ayblov eʼlon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatma! Jinoyat kodeksining 267 moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan 5-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech