Begona haydovchi bilan sayrga chiqqan avtomashina soz holda topildi
Toshkent shahri. 2020 yilning 21 dekabr kuni soat 00:40 da, 42 yoshli Baxtiyor T., spirtli ichimlik taʼsirida mast holda, Farxod ko‘chasida joylashgan “Farxod” dehqon bozoriga kirish darvozasi oldida, fuqaro Xamidulla F., tomonidan “Nexia-1” avtomashinasi kaliti salonda qolgan holda qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, olib qochib nomaʼlum tomonga yashiringan.
Ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahri miqyosida “To‘sib ushlash” rejasi amalga kiritilib, ko‘rilgan chora-tadbirlar davomida Baxtiyor T., ushlangan va transport vositasi esa Toshkent shahar KXAY ko‘chasi 25A-uy oldidan texnik soz holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Baxtiyor T., O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, Baxtiyor T., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, shaxsiy mulkingizga eʼtiborli bo‘ling, avtomashingizni qulflashni unatmang, kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti