O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mast holda hassa bilan og‘ir tan jarohat yetkazib, g‘ussaga qoldi

Andijon viloyati. 2023 yil 25 mart kuni soat 12:00 larda 59 yoshli X.R. o‘zining Asaka tuman Umid ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli umumiy oilaviy yotoqxonadagi yashash xonadonida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 59 yoshli M.M. uyiga mehmon bo‘lib kelib, birgalashib spirtli ichimliklarni isteʼmol qilganliklaridan so‘ng spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli gap tortishib, janjallashib ketib, janjal davomida M.M.ga yashash xonadonidan chiqib ketishini aytganida M.M. uni yashash xonadonidan chiqib ketmasligini aytib, xonadagi ko‘rpani ustida yotgan vaqtida X.R. uni bosh va ko‘krak qismiga oyog‘i bilan bir necha marotaba tepib, qo‘lida bo‘lgan hassasi bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada M.M. og‘ir tan jarohati olib, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro X.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi «D» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech