Mast holda qilingan xato, og‘ir oqibatlarga olib keldi
Toshkent shahar. Joriy yilning 10 fevral kuni soat 00:30 larda Yashnobod tumani Ohangrabo ko‘chasida yashovchi 21 yoshli B.I. tanishi, Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida yashovchi 20 yoshli B.R.ning uyiga mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, o‘zaro o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida B.I. o‘zini tanishi B.R.,ning tanasining turli joylariga pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Olgan tan jarohatlari oqibatda R.B. 4-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.I. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi o‘rganilganda, shu kuni gumon qilinuvchi tanishining uyiga mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimlik isteʼmol qilganligini, jabrlanuvchi uning sevgan qizi to‘g‘risida yomon gaplar aytganligi, bundan B.I.ning jahli chiqib, mezbon bilan o‘zaro janjallashib ketishganligi va buning oqibatida yuqoridagi qayd etilgan holat vujudga kelganligi maʼlum bo‘lgan.
Tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Muallif: Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi
katta tergovchisi podpolkovnik D.Abduraxmanova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti