Mahsulotim Xitoyda, pullarim firibgarda...
Navoiy viloyati. 2022-yil 1 noyabrdan 20 noyabrga qadar 35 yoshli M.E. aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, narxi 26 000 AQSH dollari hamda 25.500 AQSH dollari bo‘lgan mayiz mahsulotlarini Xatirchi tumanida yashovchi Fermer xo‘jaligi raisi 61 yoshli K.E.ning ishonchiga kirib, unga ushbu mayiz mahsulotlarini Xitoy fuqarosiga 51 500 AQSH dollariga sotib, pullarni uning Fermer xo‘jaligi hisob raqamiga ko‘chirib berishga ishontirib, mayiz mahsulotlarini Xitoy xalq respublikasiga tegishli tartibda eksport qilib, 51 500 AQSH dollari pullarni to‘liq olsada, ularni Fermer xo‘jaligi hisob raqamiga ko‘chirib bermasdan, firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan M.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho beriladi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
mayor T.Elbekov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti