Masjidga kelgan fuqarolarni o‘marib yurgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar. Joriy yilning 18 aprel kuni soat 21:00 larda muqaddam sudlangan 47 yoshli P.Sh. o‘zgani mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumanida “Usmon Bin Maʼzun” masjidiga kirib, uning tahoratxonasida 31 yoshli S.M., 20 yoshli R.Z. va 22 yoshli U.O‘.larga tegishli bo‘lgan kiyimlarni yashirin ravishda egallab, masjiddan chiqib ketayotgan vaqtida, ushbu hududda o‘zining xizmatini olib borayotgan Yakkasaroy tuman IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25,169-modda 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, P.Sh. joriy yilning 15 mart kuni xam, o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida yuqoridagi ko‘rsatilgan masjidining tahoratxonasida bo‘la turib, ushbu yerda bo‘lgan 26 yoshli S.Sh.ga tegishli narxi 4.000.000 so‘mlik “Samsung A51” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda egallab, so‘ngra mazkur telefon apparatini Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya” dehqon bozoriga borib 500.000 so‘m pulga o‘ziga nomaʼlum bo‘lgan shaxsga sotib yuborgan.
Hozirda P.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Tergov davomida ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilib, yakuniga qo‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Tergov davom etmoqda.
Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi
katta tergovchisi podpolkovnik Sh.A.Mirkarimova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti