O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Matiz”dagi talonchilar...

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 20 may kuni Yu.Abdufattox “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 23:18 larda Dang‘ara tumani Qo‘riq qishlog‘i So‘limbog‘ ko‘chasi 2-uy yonida “Matiz”  rusumli avtomashinasida bo‘lgan uch nafar nomaʼlum shaxs unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, 1 dona bahosi 3 500 000 so‘m bo‘lgan “NUAWEI” rusumli uyali telefon apparati ochiqdan ochiq talon-toroj qilish yo‘li bilan tortib olib, nomaʼlum tomonga qochib yashiringanligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxslarni aniqlab, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahrida  yashovchi 22 yoshli A. Akbarjon o‘zining jinoiy sheriklari 22 yoshli I. Bekzodjon va 21 yoshli A. Abdulazizlari bilan birgalikda A. Abdulazizning boshqaruvida bo‘lgan  “Matiz” rusumli avtomashinasida oldindan jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan xamda jabirlanuvchiga tegishli bo‘lgan “NUAWEI” rusumli uyali telefon apparati A. Abdulazizdan ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Ushbu holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib xmada ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.              

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech