O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Menga bersang tez fursatda sotib beraman”...

Toshkent shahri. Joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent shahar Semashko ko‘chasida yashovchi 42 yoshli M.X. Shayxontohur tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2021-yil 03-mart oyidan iyun oyiga qadar, 34 yoshli A.D. uning ishonchiga kirib, Shayxontohur tumanida joylashgan “DURABLE BETON” MCHJ korxonasida bo‘la turib, unga beton plitalarni sotib berishni vaʼda qilib, undan aldov yo‘li bilan 225.931.644.75 so‘mlik temir beton mahsulotlarini olib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarini ham qaytarib bermayotganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech