Bir dona uyali aloqa vositasi 2 kishining jinoiy javobgarligiga sabab bo‘ldi
Toshkent shahri. 2020 yilning 05 avgust kuni soat 12:00 da 28 yoshli P.S. mast holatda tanishi 32 yoshli A.G. bilan jinoiy til biriktirib, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani 2-mavzesi “Alleya Gagarina” ko‘chasida bo‘la turib fuqaro 46 yoshli V.B., ning narhi 1.500.000 so‘mlik «Samsung-Galaxy A10s» uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Shu kunning o‘zida P.S. va A.G., lar ushlanib Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB olib keltirilgan va ulardan talon-toroj qilingan uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB x,uzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, P.S. va A.G., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti