200 millionlik firibgarlik
Samarqand. 2020 yilning 24 iyunь kuni Samarqand tuman IIBga Аfgʼoniston Respublikasi fuqarosi 46 yoshli S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 20 aprelь kuni Аfgʼoniston Respublikasida tadbirkorlik bilan shugʼullanayotgan sherigiga tegishli 19 tonna 580 kg. qayta ishlangan jami bahosi 293.700.000 soʼmlik mayiz mahsulotini saqlash uchun tanishi Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli U.N. bilan birgalikda 44 yoshli X.Sh., ga tegishli muzlatgichga olib borib qoʼyganligini, U.N. esa ushbu mayiz mahsulotini uning ruxsatsiz sotib yuborganligini maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti