O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Mato”lar orqasidagi firibgarlik

Toshkent shahri. 2020 yilning 25 sentyabr kuni 27 yoshli Kamoliddin Sh., Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida joylashgan “Brasseria” restorani oldida tanishi 30 yoshli Salimjon A., ga Xitoy Xalq Respublikasidan turli xil “mato”larni olib kelib berishini vaʼda qilib, undan jami 108.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, pullarni shaxsiy ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kamoliddin Sh.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech