Tadbirkorlik niqobi ostida sodir qilingan firibgarlik
Samarqand viloyati. 2020 yilning iyul oyida 26 yoshli G‘olib A., o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 33 yoshli Dilshod D.,ning ishonchiga kirib O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga “meva” mahsulotlarini eksport qilishini aytib, biznes orqasidan ko‘rilgan foydaning bir qismini unga berishini vaʼda qilib, 55.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘olib. A.,ga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda sodir qilingan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Hozirda ushbu pullarni nima maqsadda sarflaganligi va ularni qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar o‘zlaringizni qimmatbaho buyum va pullaringizni notanish va halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan berib qo‘ymang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti