2 yildan beri vaʼdasini bajarmasdan 373 mln. soʼm pullarni bermasdan kelayotgan firibgarlar
Kashqadaryo. Kitob tumanida yashovchi 42 yoshli J.M. ariza bilan murojaat qilib, unda Kitob tumani Yangiqishloq qishlogʼida yashovchi L.X. va B.X.,larga 2018 yil noyabr oyining boshlarida 1,5 milliard soʼmlik metall profnastil mahsulotlari berganligini, pullarni 5 oy ichida berishligini aytganligini, pullarni bir qismini berib, qolgan 373 mln. soʼm pullarni hozirgi kunga qadar bermay kelayotganligini, pullarini L.X. va B.X.,lardan undirib berib, ularga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.
Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xurmatli fuqarolar, ogʼzaki yoki yozma ravishda kelishuvlarni tuzganda ehtiyot boʼlishingizni soʼraymiz, zaruriyat toʼgʼilganda notarius yoki yurist xizmatidan foydalanishingizni soʼraymiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti