Firibgar ayol o‘zining qing‘ir ishlarini yana boshladi
Namangan viloyati. 38 yoshli Dildora I., muqaddam firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlarni sodir etib unga nisbatan belgilangan jazoni o‘tib chiqqan bo‘lishiga qaramay, 2019 yilning may oyida Namangan shahar “Maʼdaniy maorif” MFY,da yashovchi fuqaro Feruza M., ni aldab, “Uztelecom” aloqa kompaniyasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, ishonchiga kirib, undan 100 AQSH dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Bundan tashqari tergovga qadar tekshiruv natijasida aniqlanishicha Dildora I., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, aldash yoki ishonchini suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, takroran joriy yilning 16 yanvar kuni Feruza M., ni aldab, Namangan shahar “I.Karimov” ko‘chasida joylashgan “Fayz” MCHJ nomli savdo shahobchasidan uning nomiga kredit asosida maishiy texnika vositalarini olishni va pullarini oyma-oy o‘zi to‘lashini aytib, ishonchiga kirib, savdo shahobchasidan uning nomiga shartnoma rasmiylashtirib, shartnoma orqali 6 740 000 so‘mlik maishiy texnika vositalarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborganligi, pullarni esa o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Dildora I., ga nisbatan jabrlanuvchining arizasiga asosan 14.12.2020 yilda Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonida sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: katta tergovchi kapitan J.J. Shonazarov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti