Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ҳузуридаги Тергов департаменти
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Moskvichdagi “jentelmenlar”

Fargʼona viloyati. Joriy yilning 10 avgust kuni soat 08:30 larda 25 yoshli X.K. tanishlari 24 yoshli Yo.U. va 25 yoshli P.O., lar bilan “Moskvich-412” rusumli avtomashinasida Yozyovon tumani hududidan harakatlanib ketayotib, yoʼl chetida ketayotgan 20 yoshli B.Z., ning (ayol) “Samsung А-10” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “Samsung А-10” rusumli telefon apparati yuqoridagi shaxslardan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Yo.U., P.O. va X.K., larga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Qonunbuzarlar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech