O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

60 yoshli fuqaro “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi

Samarqand viloyati. 2021 yil 8 avgust kuni soat 17:30 larda Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 60 yoshli N.S. Fidoyilar mahallasi hududida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan shaxsga 3.200.000 so‘m evaziga 5.05 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida qo‘lga olingan. Giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB EKBning maʼlumotnomasiga ko‘ra sotish uchun mo‘ljallangan vosita yumshoq xoldagi, to‘q jigar rangli, tarkibida giyohvand modda “opiy” guruhida mansub bo‘lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain, mavjud bo‘lib, bu modda “opiy” giyohvandlik moddasi turiga kirishligi va uning sof og‘irligi 5.05 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. N.S. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Muallif: Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi

Tergov bo‘limi tergovchisi katta leytenant

Karimov Ganisher

                                                                                                                                                                       

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech