O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Muqaddam sudlangan shaxs, transport vositasini olib qochib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Toshkent shahar. 2022 yil 8 mart kuni soat 20:30 larda nomaʼlum shaxs Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani O‘zbekiston ovozi ko‘chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shoxobchasiga kelib, shoxobcha kassasida hech kim yo‘qligidan foydalanib, 29 yoshli N.Sh.,ga tegishli bo‘lgan “Gentra” rusumli avtomashina boshqaruv pultini olib, ushbu pult yordamida avtomashina eshiklarini ochib, avtomashinani nomaʼlum tomonga olib qochganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, nomaʼlum shaxs olib qochilgan transport vositasini Yakkasaroy tumani Sh.Rustavelli va Gavhar ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib ketayotib, “Cobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etganligi aniqlanib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida qoidabuzar ushlangan.

Tergov jarayonida ushbu nomaʼlum shaxsning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u muqaddam sudlangan Toshkent viloyatida yashovchi 24 yoshli P.Sh. ekanligi maʼlum bo‘lgan. Hozirda P.Sh.,ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech