Muntazam ravishda pul talab qilib kelgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga tushdi
Toshkent shahar. 2021-yil 14-dekabr kuni Namangan viloyatida yashovchi 27 yoshli A.I. Yakkasaroy tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 11 dekabr kuni 21 yoshli J.Z. uni shaʼniga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirmasligi evaziga 5.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Joriy yilning 14 dekabr kuni A.I.,ning arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida J.Z. Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan “CONTINENT” nomli supermarketi oldida A.I.,dan 100 AQSH dollari va 500.000 so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.Z.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.Z. protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, J.Z. oldin xam A.I.ning shaʼniga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirmasligi evaziga A.I.,dan tovlamachilik yo‘li bilan 4.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olganligi, bundan tashqari uning boshqa xarajatlari uchun pul to‘lab kelganligi aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB
tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi
Sh.A.Mirkarimova
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament