Jizzaxda “Captiva”lik yigit choʼpon qizning otasi va ukasini urib tan jarohati yetkazdi
Jizzax. 2020 yil 24 iyun kuni soat taxminan 17:00 da 29 yoshli B.U. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan mast xolatda “Captiva” rusumli avtomashinasida Jizzax shahar Shodlik MFY Obod koʼchasiga borib “N” ismli qiz bilan suhbatlashayotgan vaqtida, bu yerda voyaga yetmagan 14 yoshli M.T. (ayol) va boshqa fuqarolarni chorva boqayotganligini koʼrib, ularni bu yerdan ketkazish maqsadida kurakda turmaydigan soʼzlar bilan haqorat qilib, qoʼrqitishi natijasida oʼzaro gap talashib janjallashishi davomida, B.U., hech bir sababsiz, bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini koʼrgan, voyaga yetmagan M.T.,ning otasi L.B. va ukasi B.B. larning tanasining yuz va bosh sohasiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada fuqaro L.B., va B.B. lar olgan tan jarohatlari bilan RShTIYoMning Jizzax filiali tibbiyot boʼlimiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan fuqaro B.U.,ga nisbatan Jizzax shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida B.U., jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʼyita dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti