Firibgarlik bilan kifoyalanmagan shaxs sud oldida javob beradi
Namangan. 27 yoshli S.M. Kosonsoy tumanida bo‘la turib, 2018 yiling dekabr' oyidan 2020 yilning mart oyigacha 5 nafar shaxsning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan jami 9.100.000 so‘m moddiy zarar yetkazganligiga qaramay, jinoiy harakatlarini davom ettirib, boshqa turdagi jinoyatga qo‘l urib, joriy yilning aprel' oyidan iyun' oyiga qadar Kosonsoy tumanida yashovchi 3 nafar shaxsning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 2.100.000 so‘mlik mol-mulklarni talon taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.M., ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilganitergov harakatlari natijasiga ko‘ra,S.M. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) va 169-moddasi 3-qismi «a» bandlari (takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovda ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti