O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoqtirgan qizi sovg‘a qilgan telefon apparatini zo‘ravon yigit tortib oldi

Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishini tergov qilish jarayonida aniqlanishicha, Termiz shahrida yashovchi 25 yoshli B.N., 2020 yil 8 mart kuni Termiz shahar “Majnuntol” mahallasida yashovchi 27 yoshli Sh.B., ga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashib gaplashib olishni aytib u bilan taxminan soat 13:00da Termiz shahridagi oshxonalarning birida uchrashib, go‘yoki Sh.B.ning yoqtirgan qizi P.N.ning oldindan B.N.dan jami 500.000 so‘m qarzi borligini aytib aldab, shu sababli P.N., yoqtirgan yigiti Sh.B.,ga sovg‘a qilgan bahosi 950.000 so‘mlik “Redmi 7A” rusumli uyali telefon apparatini berishni talab qilib, Sh.B.ni qo‘rqitib, mazkur telefon apparatini ochiqdan-ochiq tortib olgan.

Mazkur holat yuzasidan B.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan ayblov e'lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech