Tan jarohati yetkazishga musiqa sabab bo‘ldi
Jizzax. 2020 yilning 12 avgust kuni soat 22.30 da 18 yoshli O.A., Sharof Rashidov tumani Samarqandquduq mahallasida 40 yoshli R.I., bilan o‘zaro janjallashib qolib, “nega kech bo‘lganda baland ovozda musiqa qo‘yib, bizning tinchimizni buzayabsan” deb, R.I., ning yashash xonadoni yaqinida tanasining turli joylariga urib, tepib unga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Natijada R.I., tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Sud-tibbiy ekspertizaning 07.09.2020 yildagi xulosasiga ko‘ra, R.I., hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohatlari olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti