O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аvtomobilni olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkent. 2020 yilning 09 iyulь kuni soat 18:40 da nomaʼlum shaxs Mirobod tumanida “Poytaxt” savdo majmuasi roʼparasida boʼla turib, 34 yoshli R.R., ning ishonchiga kirib, uning “Cobalt” avtomashinasini, toʼxtash joyga olib kirishini aytib, mazkur avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor-qidiruv harakatlari natijasida olib qochilgan avtomobilь Yashnaobod tumanida topilib, ushbu jinoyatni 30 yoshli M.R. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha M.R. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech