Namanganda xonadondagi qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi
Namangan viloyati. 2022 yil 20 yanvar kuni soat 16:30larda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida 64 yoshli S.L. spirtli ichimlikdan mast holatda o‘zining Namangan shahar Zarafshon ko‘chasida joylashgan xonadonida 4 nafar fuqarolarga qimor o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, mazkur xonadondan o‘yin uchun tikilgan jami 1.461.000 so‘m pullar, 1 ta o‘yin qartasi, 16 dona karton stakan va 1 dona quti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.L.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti