Namanganlik fuqaro, ikki tanishining nomiga yashirin ravishda kredit rasmiylashtirib olganligi aniqlandi
Namangan viloyati. 2020 yil 25 dekabr kuni Namangan shahar “Nurafshon” MFY.,da yashovchi 26 yoshli Rustam R., tanishlari 25 yoshli Abrorbek A., va 41 yoshli Odiljon Ya., larni ishonchiga kirib, ularga tegishli bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” Namangan shahar filiali tomonidan berilgan plastik kartalaridan foydalanib turishini so‘rab, “O‘zsanoatqurilishbank”ning JOYDA dasturiy taʼminoti orqali mazkur fuqarolar nomiga jami 29 200 000 so‘m miqdorida qisqa muddatli onlayn kredit olib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Rustamjon R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun o‘zingizni plastik kartangizni raqamini va maxfiy kodlarini hech kimga oshkor qilmasligingizni so‘raymiz!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti