O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganlik fuqaro o‘z uyida mahalladoshlariga qimor o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi

Namangan viloyati. 2022 yil 01 fevral kuni Pop tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida, shu kuni 46 yoshli U.B. Pop tuman Barchabek ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida o‘zini 4 nafar mahalladoshlariga o‘yin qartasi yordamida qimor o‘ynashi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, xonadonidan 36 dona o‘yin qartasi, qimor uchun tikilgan 1.400.000 so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan U.B., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech