O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pichoq bilan yetkazilgan jarohat “qamoq” sari yo‘lga sabab bo‘ldi 

Andijon. 2020 yilning 19 dekabr kuni soat 15:00 da 18 yoshli Dilshodbek A., Marhamat tuman Mingtepa MFY Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Besh bola” nomli oshxona yonida 18 yoshli Biloliddin I., bilan o‘zaro janjallashib, o‘zining yonida bo‘lgan chalabzar pichog‘i bilan Biloliddin I.,ning orqa ko‘krak qismiga qasddan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza Biloliddin I.,da “ko‘krak qafasini teshib o‘tgan jarohati, bel va qorin sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi” kabi tan jarohatlari mavjudligi hamda ular og‘irlik darajasiga ko‘ra “og‘ir” tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Dilshodbek A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “L” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Dilshodbek A., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech