Bita” bilan tajovuz
Toshkent viloyati. 2021 yil 09 fevral kuni soat 15.30 larda Toshkent tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi 34 yoshli Olimjon A., va 29 yoshli Davron A.,lar Toshkent tumani Chimkent yo‘li ko‘chasida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan 33 yoshli Oybek A., va 28 yoshli Aziz A.,larga hech bir sababsiz tegajonlik qilib, qo‘lida bo‘lgan “bita” tayoq bilan tan jarohati yetkazishgan. Natijada Oybek A., va Aziz A.,lar olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Oybek A., Aziz A., va Olimjon A.,larga nisbatan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti