O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Narxi salkam 88 mln. so‘mlik baliqlar

Namangan viloyati. 2022 yilning fevral oyi davomida 36 yoshli M.M. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Farg‘ona viloyatida yashovchi 37 yoshli A.A., 26 yoshli A.I., 26 yoshli U.I. va 35 yoshli B.F.larning ishonchiga kirib, ulardan jami bo‘lib 87.448.000 so‘mlik turli xildagi baliq mahsulotlarini sotib olib pullarini 1 hafta muddatda berish haqida vaʼda berib, olingan baliq mahsulotlarini sotib yuborib, ular hisobidan U.I.ga 9.000.000 so‘m va A.A.larga 4.000.000 so‘m miqdordagi pullarni berib, qolgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech