O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Og‘ufurush qo‘lga olindi

Samarqand viloyati. Joriy yilning 18 noyabr kuni soat taxminan 20:00 da Oqdaryo tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Po‘latdarxonmahalasida joylashgan dala hovlilarning birida fuqaro 40 yoshli Obidjon A. xaridor sifatida tadbirga jalb qilingan shaxsga bir dona chinni idishlari solish uchun mo‘ljanlangan qog‘oz qutida qadoqlangan, quruq holdagi umumiy vazni 88.6 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik vositasini 5.000.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Obidjon A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib unga nisbatan mazkur modda bilan ayblov eʼlon qilingan va  “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Taʼkidlab o‘tish joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech