O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiyda 10 sinf o‘quvchisi talonchilik jinoyatiga qo‘l urdi

Navoiy viloyati. 2023 yilning 11 aprel kuni soat 12:10 da, nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Navoiy shahar G‘alaba Shox ko‘chasi 101-uy oldida 19 yoshli M.A.ni bir o‘zi harakatlanib ketayotganligini ko‘rib, uni orqasidan kuzatib borib, ushbu uyning 1-kirish yo‘lagiga kirish eshigi qarshisidan harakatlanib o‘tayotganda, orqa tomonidan kelib, M.A.ni qo‘lidagi ichida 870 ming so‘m miqdoridagi naqd puli, bir dona “AloqabankATB tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasi va M.A.ga fuqarolik ID kartasi bo‘lgan ayollar hamyonini tortib olib, ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni, muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilganligi uchun sudlangan 10-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan 17 yoshli B.Sh. sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan ayollar hamyoni va o‘ning ichida bo‘lgan naqd pullari, plastik kartasi va fuqarolik ID kartasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘nga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi

podpolkovnik S.Shirbacheyev

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech