O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Nazarbek”gacha yetib olishim kerak dedimku...

Toshkent shahar. 2022 yil 2 aprel kuni soat 10:40da Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 47 yoshli N.E. ichki ishlar organlarining “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 10:30 larda o‘ziga tegishli bo‘lgan kulrang “Matiz” rusumli avtomashinasida Uchtepa tumani Farxod ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganida, uni yoshi taxminan 50-55 lardagi erkak kishi to‘xtatib, “Nazarbek” postiga olib borishni so‘rab avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, so‘ngra ushbu yo‘lovchi bilan 200 metr masofa yurib, yo‘lning o‘ng tomoni chetida “Techno BOX” do‘koni ochiqligini ko‘rib, do‘kon oldida to‘xtab avtomashinasida kalitini hamda yo‘lovchini bir o‘zini qoldirib, ushbu do‘konga krediti uchun to‘lovni amalga oshirish uchun kirib, do‘kondan qaytib chiqqanida avtomashinasi joyida yo‘qligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida nomaʼlum shaxs tomonidan olib qochilgan N.E.,ga tegishli avtomashina Uchtepa tumani Mannon Uyg‘ur ko‘chasidagi Nazarbek ko‘prigi ostida qoldirib ketilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida mazkur jinoyatni 54 yoshli A.A. mastlik holatida sodir etganligini aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech