O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“HUNDAI PORTER” avtomashinalarini sotib yuborgan “dallol”

Namangan viloyati. 2019 yilning iyul oyidan oktyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, 24 yoshli Muhammadali A., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Namangan shahrining turli hududlarida 40 yoshli Ahror A., va 54 yoshli Ismoil I.,larning ishonchiga kirib, ularga tegishli “HUNDAI PORTER” rusumli avtomashinalarini har biriga 11.500 AQSH dollaridan sotib berishini aytib, ushbu avtomashinalarni o‘zga shaxslarga sotib yuborib, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muhammadali A., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “B” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech