Аriqdagi suvni talashib...
Fargʼona. 2020 yilning 02 aprelь kuni soat 18:00 da fuqaro 35 yoshli S.M., Beshariq tumani, “Qorajiyda” qishlogʼi hududida joylashgan fermer xoʼjaligi dala yer maydonida tanishi 25 yoshli E.А., bilan fermer xoʼjaligi hududidan oqib oʼtgan ariq suvini talashib janjallashgani oqibatida, janjal davomida S.M., qoʼlida boʼlgan oʼgʼitlar qopini ochishi uchun olib kelgan xoʼjalik pichogʼi bilan E.А., ning qorin sohasiga bir marotaba tiqib olgan.
Natijada E.А., tan jarohati olib tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan S.M., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. S.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosesual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati