O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Noshukr navara

Buxoro. 2020 yil 10 mart kuni 78 yoshli F.S., Peshkoʼ tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda nomaʼlum shaxs uning uyidan 10.600 АQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilganligini maʼlum qilgan.

Koʼrilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni F.S., bilan bir manzilda yashovchi nabirasi 28 yoshli Z.Sh., sodir etganligi aniqlangan. Z.Sh. uzoq vaqt davomida ushbu pullarni talon-taroj qilib yurganligi, oʼgʼirlangan pullarni oʼzining ehtiyojlariga ishlatganligi, bundan tashqari oʼgʼirlangan puldan 1.300 АQSh dollarini oʼzining tanishi S.F.,ga qarz sifatida berganligi aniqlanib, S.F., dan ushbu pullar ashʼyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Qolgan pullar nimaga ishlatilganligiga aniqlik kiritilganda Z.Sh., oʼz extiyojlariga, yaʼni kiyim-kechak sotib olishga, oʼz avtomashinasiga ehtiyot qismlari va koʼngil xushlik uchun sarflaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Peshkoʼ tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va Z.Sh., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech