Zargarlik buyumlarni oʼgʼirlagan shaxs fosh etildi
Toshkent. 39 yoshli G.X. (ayol) Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yiling 30 iyunь kunidan 13 iyulьgacha boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxs uning uyiga kalit tanlash yoʼli bilan gʼayriqonuniy ravishda kirib, umumiy qiymati 70.000.000 soʼmlik sariq metalldan yasalgan turli xil zargarlik buyumlari va 1 dona “Lenovo” rusumli noutbuikni oʼgʼirlab ketganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (oʼgʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilagan.
Koʼrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shayxontohur tumanida yashovchi 25 yoshli M.R. sodir etganligi aniqlanib, undan oʼgʼirlangan buyumlarning bir qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti