O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Nevidimka” yordamida sodir etilgan jinoyat

Namangan viloyati. Joriy yilning 31 yanvar kuni Pop tumani Guliston ko‘chasida yashovchi 40 yoshli A.S., tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 30 yanvar kuni soat 10:00 larda o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Pop tumani “Madaniyat” MFYda yashovchi qarindoshining yashash uyida bo‘layotgan to‘yga borib, avtomashinasini uy oldida qoldirib ketganligini, nazoratsiz qoldirilgan avtomashinani soat 00:00larda nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur avtomashina Pop tumani Chorkesar MFYda yashovchi 52 yoshli R.M. tomonidan olib qochib ketilganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashina ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzdagi ehtiyot chora qo‘llanilgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, R.M., ga pul zarur bo‘lib qolganida jabrlanuvchi A.S.,dan pul so‘rab turganligini, biroq rad javobini eshitib, unga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasining haydovchi old eshigini ayollar “nevidimkasi” yordamida ochib, so‘ngra rul tagida joylashgan elektr simlarini tutashtirish yo‘li bilan avtomashinani o‘t oldirib, qarindoshining uyiga saqlash uchun olib borib qo‘yganligi aniqlangan. O‘z navbatida qidiruv ishlari yakuniga ko‘ra avtomashinani sotib yuborishni rejalashtirganligi aniqlangan.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech